Ikki oyda 26 marta qoida buzgan haydovchi 28 mln so'm jarima to'ladi

    U avtomobilda harakatlanayotgan vaqtda yo'llarda belgilangan harakat tezligini oshirib, qoidabuzarlik sodir etgan.

    Majburiy ijro byurosining xabar berishicha, Andijon shahrida ikki oyda 26-marta qoida buzgan haydovchi 28 million soʻm jarima toʻladi.

    Xabarga koʻra, fuqaro B.I. avtomobilda harakatlanayotgan vaqtda yoʻllarda belgilangan harakat tezligini oshirib, 2022-yil 20-oktyabrdan 28-dekabrga qadar, yaʼni 2 oy davomida jami 26 ta qoidabuzarlik sodir etgan. Natijada 26 ta qoidabuzarlik boʻyicha maʼmuriy jarima qoʻllanilgan boʻlib, uning miqdori 28 170 000 soʻmga borib yetgan.

    Maʼmuriy jarimalarni undirish maqsadida byuroning Andijon shahar boʻlimi xodimlari tomonidan fuqaro B.I. bilan tushuntirish ishlari olib borilib, qoʻllanilgan 28 170 000 soʻm jarima pullari toʻliq undirildi.