Oʻtkazilgan tadbirlarda, yanvar-fevral oylari davomida respublika boʻyicha 546 ta holatda ulgurji isteʼmolchilar tomonidan 15 million 532 ming kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Buning natijasida gaz taʼminoti korxonalari manfaatlariga 13 milliard 770 million soʻmni soʻm zarar yetkazilgan.

Ushbu miqdardagi tabiiy gaz 1 million xonadoning bir kunlik isteʼmolini tashkil qiladi.

Noqonuniy foydalanish holatlarining koʻpi Xorazm, Sirdaryo, Andijon va Toshkent viloyatlarida aniqlangan.

Aniqlangan barcha holatlar boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan, deya Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.