Mazkur yoʻl E-40 raqamli Yevropa hamda AN-63 raqamli Osiyo avtomagistralining Oʻzbekiston hududidan oʻtadigan muhim xalqaro yoʻlagidir.

Ushbu loyiha doirasida 2 tasmali asfaltbeton qoplamali avtomobil yoʻli 4 tasmali  sementbeton qoplamali avtomobil yoʻliga oʻtkazilmoqda. Natijada avtomobil yoʻlining oʻtkazuvchanlik qobiliyati 3 barobarga oshadi. Yoʻl qoplamasining xizmat qilish muddati 30 yilga yetkaziladi.

Loyiha tufayli Buxoro va Xiva, Buxoro-Nukus yoʻnalishlarida turizm oqimi 2,5 barobarga koʻpayishiga, shuningdek, mamlakatimiz hududidan oʻtadigan Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi (CAREC)  transport yoʻlagiga kirgan ikkinchi xalqaro transport yoʻlagining xalqaro tranzit tashuvchilari uchun jozibadorligi oshishiga erishiladi.