Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha,
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi hamda DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.X. A.A.ning ishonchiga kirib, uni Yaponiya davlatiga ishga yuborishi evaziga 7 400 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Samarqand shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.Q. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Polsha davlatiga ishga yuborishi evaziga jami 10 700 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.