Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar boʻlimi va hududiy ETK xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.R. “Yashildiyor” MFY hududidagi noturar binoda hech qanday hujjatsiz oʻrnatilgan muzlatkich konteyneridan tijorat maqsadida foydalanib, jami 163 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Yunusobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.R.” MCHJ masʼul shaxslari Chinobod koʻchasidagi noturar binosiga oʻrnatilgan gaz hisoblagichga qasddan shikast yetkazib, 191 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.