Aniqlanishicha, fuqaro oldi-sotdi ishlarini qonuniy tarzda notarial idoralar orqali amalga oshirmasdan, avtomashinani berib yuborganligi ma’lum bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, mashinani oxirgi sotib olgan xaridor nomerni har xil mashinalarga qo‘yib, radarga tushgan. 101 ta radarga tushishi natijasida 50 mln so‘m jarima bo‘lgan.

Qidiruv ishlari sabab mashinani oxirgi bo‘lib sotib olgan fuqaro aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda tergov harakatlari olib borilishi ko‘zda tutilgan.