Ikkilamchi bozorda avtomobil narxlar pasayish davom etmoqda

    Biznes 13 Fevral 2025 1587

    Ikkilamchi avtomobil bozorida mahalliy avtomobillar hamda elekromobillar narxida pasayish tendensiyasi 2025-yilning yanvar oyida ham davom etdi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025-yilning yanvar oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxi tahlil qilindi.

    Mahalliy ommabop avtomobillar narxi

    Joriy yilning yanvar oyida mahalliy ommabop avtomobillar narxi 2024-yilning dekabr oyidagiga nisbatan arzonlashdi. Xususan:

    • “Onix”: kam foydalanilgan — 2,4%ga ($14 350 dan $14 000 ga), koʻp foydalanilgan — 1,5%ga ($13 000 dan $12 800 ga);
    • “Lacetti”: kam foydalanilgan — 0,7%ga ($15 000 dan $14 900 ga), oʻrtacha foydalanilgan — 1,4%ga ($14 500 dan $14 300 ga), koʻp foydalanilgan — 1,7%ga ($13 327 dan $13 095 ga);
    • “Cobalt”: kam foydalanilgan — 1,4%ga ($12 901 dan $12 725 ga), oʻrtacha foydalanilgan — 2,4%ga ($12 300 dan $12 000 ga), koʻp foydalanilgan — 1,7%ga ($11 700 dan $11 500 ga);
    • “Nexia”: oʻrtacha foydalanilgan — 1,8%ga ($11 400 dan $11 200 ga); koʻp foydalanilgan — ($10 500 dan $10 465 ga);
    • “Spark”: oʻrtacha foydalanilgan — 1%ga ($10 300 dan $10 200 ga), koʻp foydalanilgan — 1,1%ga ($9 300 dan $9 200 ga);
    • “Damas”: kam foydalanilgan — 0,5%ga ($8 135 dan $8 098 ga), oʻrtacha foydalanilgan — 1,4%ga ($8 000 dan $7 886 ga), koʻp foydalanilgan — 4,1%ga ($7 300 dan $7 000 ga) arzonlashgan.

    Mahalliy lyuks avtomobillar narxi

    Kam foydalanilgan “Equinox” va “Malibu” avtomobillarining oʻrtacha narxlarida oshish kuzatilgan boʻlsa-da, oʻrtacha va koʻp foydalanilganlari uchun narxlar arzonlashishda davom etdi.

    Xususan:

    • “Malibu”: oʻrtacha foydalanilgan — 2,1%ga ($29 100 dan $28 500 ga), koʻp foydalanilgan — 1,6%ga ($25 000 dan $24 600 ga) arzonlagan boʻlsa, kam foydalanilgan uchun oʻrtacha narx 1,2%ga ($29 650 dan $30 000 ga) oshdi;
    • “Equinox”: oʻrtacha foydalanilgan — 1,6%ga ($30 500 dan $30 000 ga) arzonlab, koʻp foydalanilgani uchun oʻrtacha narx ($26 500) oʻzgarishsiz qolgan boʻlsa, kam foydalanilgani 0,9%ga ($34 000 dan $34 308 ga) oshgan;
    • “Tracker”: kam foydalanilgan — 1,6%ga ($18 700 dan $18 403 ga), oʻrtacha foydalanilgan — 2,3%ga ($17 700 dan $17 300 ga), koʻp foydalanilgan — 2,9%ga ($17 000 dan $16 500 ga) arzonlashgan.

    Elektromobillar narxi

    Mazkur davrda koʻp foydalanilgan BYD “E2”: ($15 250) va “Yuan Up” ($20 000) elektromobillari narxi oʻzgarmagan boʻlsa, boshqa elektromobillar oʻrtacha narxlarida arzonlash kuzatildi:

    • BYD “E2”:: yangi — 1,8%ga ($17 100 dan $16 800 ga), oʻrtacha foydalanilgan — 2,9%ga ($15 970 dan $15 500 ga);
    • BYD “Han”: yangi — 0,9%ga ($32 500 dan $32 200 ga), koʻp foydalanilgan — 2,9%ga ($31 750 dan $31 250 ga);
    • BYD “Song Plus DM-i Champion”: yangi — 0,3%ga ($29 100 dan $29 000 ga), oʻrtacha foydalanilgan — 1,1%ga ($27 200 dan $26 900 ga), koʻp foydalanilgan — 2,8%ga ($24 999 dan $24 300 ga);
    • BYD “Song Plus EV Champion”: yangi — 1,4%ga ($28 500 dan $28 090 ga), oʻrtacha foydalanilgan — 3,6%ga ($26 600 dan $25 650 ga), koʻp foydalanilgan — 2,9%ga ($24 050 dan $23 350 ga).

    Xorijiy avtomobillar narxi

    • “Elantra”: oʻrtacha foydalanilgan — 2,3%ga ($21 500 dan $21 000 ga); koʻp foydalanilgan — 4,8%ga ($21 000 dan $19 995 ga);
    • “Tucson”: kam foydalanilgan — 1,5%ga ($33 500 dan $33 000 ga), oʻrtacha foydalanilgan — 0,8%ga ($31 750 dan $31 500 ga); koʻp foydalanilgan — 2,0%ga ($25 500 dan $25 000 ga);
    • “Sportage”: kam foydalanilgan — 1,4%ga ($29 000 dan $28 600 ga), oʻrtacha foydalanilgan — 1,8%ga ($27 500 dan $27 000 ga);
    • “Seltos”: koʻp foydalanilgan — 2,1%ga ($23 500 dan $23 000 ga) arzonlagan.