баннер
22 Mar 2025
01:50

    Ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlari tushmoqda

    Ikkilamchi avtomobil bozorida elektromobil va xorijiy avtomobillar narxlari tushishi tezlashmoqda.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025-yilning fevral oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlari oʻzgarishi tahlil qilindi.

    Mahalliy ommabop avtomobillar narxi

    Joriy yilning fevral oyida mahalliy ommabop avtomobillarning oʻrtacha narxi pasaydi. Xususan:

    • «Onix«: oʻrtacha foydalanilgan — 3%ga ($13 500 dan $13 100 ga), kam foydalanilgan — 0,1%ga ($14 865 dan $14 850 ga);
    • “Lacetti”: koʻp foydalanilgan — 0,3%ga ($13 500 dan $13 461 ga);
    • “Cobalt”: oʻrtacha foydalanilgan — 2,4%ga ($12 300 dan $12 000 ga), kam foydalanilgan — 1,2%ga ($12 750 dan $12 600 ga), koʻp foydalanilgan — 0,5%ga ($11 600 dan $11 538 ga);
    • “Nexia”: oʻrtacha foydalanilgan — 1,9%ga ($11 500 dan $11 284 ga); koʻp foydalanilgan — 0,9%ga ($10 800 dan $10 700 ga);
    • “Spark”: oʻrtacha foydalanilgan — 1%ga ($10 500 dan $10 400 ga), koʻp foydalanilgan — 0,9%ga ($9 600 dan $9 500 ga);
    • “Damas”: oʻrtacha foydalanilgan — 3,6%ga ($7 985 dan $7 000 ga), kam foydalanilgan — 0,8%ga ($8 061 dan $8 000 ga) arzonlashgan.

    Mahalliy lyuks avtomobillar narxi

    • “Equinox”: koʻp foydalanilgani 1,1%ga ($27 300 dan $27 000 ga) arzonlagan boʻlsa, oʻrtacha foydalanilgani esa 3,2%ga ($31 000 dan $32 000 ga) qimmatlashdi.
    • “Malibu”: kam foydalanilgani 0,7%ga ($31 907 dan $31 682 ga) arzonlashgan boʻlsa, oʻrtacha foydalanilgani deyarli oʻzgarishsiz ($29 000 dan $29 070 ga) qolgan.
    • “Tracker”: koʻp foydalanilgani 1,1%ga ($16 984 dan $16 800 ga) tushgan boʻlsa, kam va oʻrtacha foydalanilgani narxlarida oʻzgarish kuzatilmagan.

    Elektromobillar narxi

    Mazkur davrda BYD E2 narx jihatidan mahalliy ommabop avtomobillarga jiddiy raqobatchiga aylangan boʻlsa, yangi BYD Song Plus avtomobillari narxlari sezilarli arzonladi.

    • BYD “E2”: yangi — 1,8%ga ($16 800 dan $16 500 ga), koʻp foydalanilgan — 2,0%ga ($14 800 dan $14 500 ga);
    • BYD “Han”: yangi — 0,5%ga ($32 150 dan $32 000 ga), oʻrtacha foydalanilgan — 4,4%ga ($36 500 dan $34 900 ga);
    • BYD “Song Plus DM-i Champion”: yangi — 1,7%ga ($29 000 dan $28 500 ga), oʻrtacha foydalanilgan — 0,2%ga ($27 050 dan $27 000 ga), koʻp foydalanilgan — 0,6%ga ($24 650 dan $24 500 ga);
    • BYD “Song Plus EV Champion”: yangi — 1,1%ga ($28 000 dan $27 700 ga);
    • BYD “Yuan Up”: yangi — 1,4%ga ($20 800 dan $20 514 ga) arzonlagan.

    Xorijiy avtomobillar narxi

    • Kia “Sorento”: oʻrtacha foydalanilgani 1,3%ga ($40 000 dan $39 500 ga) arzonlagan boʻlsa, koʻp foydalanilgani 1,3%ga ($40 000 dan $39 500 ga) tushdi.
    • Kia “Sportage”: oʻrtacha foydalanilgani 2,3%ga ($31 590 dan $30 850 ga), koʻp foydalanilgani 4,6%ga ($29 733 dan $28 363 ga) arzonlagan.
    • Kia K5: oʻrtacha foydalanilgani 1,3%ga ($27 549 dan $27 200 ga), koʻp foydalanilgani 1,9%ga ($26 500 dan $26 000 ga) tushgan.

    Avtomobillar bosib oʻtgan masofasi hamda ishlab chiqarilgan yiliga koʻra, quyidagi guruhlarga ajratib olindi:

    “Kam foydalanilgan”

    • 2024-yilda ishlab chiqarilgan hamda bosib oʻtgan masofasi 20 000 km. gacha boʻlgan avtomobillar hamda 2025-yilda ishlab chiqarilgan barcha avtomobillar;

    “Oʻrtacha foydalanilgan”

    • 2024-yilda ishlab chiqarilgan hamda bosib oʻtgan masofasi 20 000 km. dan 50 000 km. gacha boʻlgan avtomobillar, shuningdek, 2022-2023-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib oʻtgan masofasi 40 000 km. gacha boʻlgan avtomobillar;

    “Koʻp foydalanilgan”

    • 2024-yilda ishlab chiqarilgan va bosib oʻtgan masofasi 50 000 km. dan koʻp boʻlgan avtomobillar, 2022-2023-yillarda ishlab chiqarilgan hamda 40 000 km. dan ortiq masofani bosib oʻtgan avtomobillar hamda 2021-yilda ishlab chiqarilgan barcha avtomobillar.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech