“Hududiy elektr tarmoqlari“ AJ tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mamlakatimiz boʻylab joriy etilgan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) isteʼmolchiga oʻrnatilgan va maxsus kod orqali biriktirilgan yagona hisoblagich orqali elektr energiyasi isteʼmoli hisob-kitoblarini dasturga qabul qilib oladi va qayta ishlaydi.
Zarurat yuzasidan isteʼmolchining oʻzi tomonidan oʻrnatilgan ikki yoki undan ortiq hisoblagichning maʼlumotlarini hisob-kitob uchun dasturga kiritishning texnik imkoniyatlari yoʻq ekanligini maʼlum qilamiz.
Sodda qilib tushuntirilganda, ikkita hisoblagichni bitta hisob raqam orqali foydalanishning texnik imkoniyati mavjud emas, — deyiladi xabarda.