Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchkoʻprik tuman boʻlim tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.W.” MCHJ rahbari I.M. korxonaning ishlab chiqarish sexiga oʻrnatilgan quritish pechini umumiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 379,7 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Shuningdek, Departamentning Yangiyoʻl tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “V.b.” bogʻdorchilik-uzumchilik shirkati masʼul shaxslari va boshqalar shirkatga qarashli transformatorga Yangiyoʻl tuman TET PK “Elektr hisob” dasturiga kiritilmagan elektr hisoblagich oʻrnatib, jami 279,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.

Hozirda ikkala holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.