Ikkita yangi gigant gaz sayyora topildi

    NASAning TESS apparati ikkita yangi gaz gigant sayyorani aniqladi.

    Astronomlar ikkita yangi gaz giganti – TOI-3984A b va TOI-5293A b kashf etilgani haqida xabar berishdi, ular juda qisqa orbital davrlarga ega.

    TOI-3984A b radiusi taxminan 0,71 Yupiter radiusiga va 0,14 Yupiter og'irligiga teng bo'lib, har kub santimetr uchun 0,49 gramm zichlikka ega. Sayyora o'z yulduzi atrofida har 4,35 kunda undan taxminan 0,041 astronomik birlik masofada aylanadi. Uning muvozanat harorati 563 kelvinga baholanadi. Astronomlar TOI-3984A b ni subsaturn sifatida tasniflashdi.

    TOI-5293A b ekzoplanetasi esa o'lchami bo'yicha Yupiter bilan solishtirish mumkin, ammo og'irligi kamroq – taxminan 0,54 Yupiter og'irligiga ega. Sayyoraning zichligi santimetr kub uchun taxminan 0,56 grammni tashkil qiladi. TOI-5293A b yulduz atrofida 2,93 kunda bir marta aylanadi. Ushbu gaz gigantining muvozanat harorati 675 kelvinga baholanadi, shuning uchun tadqiqotchilar uni issiq Yupiter deb tasniflashdi, deb xabar beradi lenta.ru.