Avvalroq, BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori Devid Bizli Maskni ochlikka qarshi kurashish uchun mablag' ajratishga chaqirgandi.  CNN,ma'lumotiga ko'ra, Maskning hozirgi kunda deyarli 289 milliard dollarga teng bo'lgan boyligining atigi 2 foizi odamlarni ochlikdan qutqarish uchun zarur bo'ladi.

“Agar Jahon oziq-ovqat dasturi 6 milliard dollar dunyodagi ochlik muammosini qanday hal qilishini tushuntirib bera olsa, men hozir Tesla aktsiyalarini sotishga va bu muammoni bartaraf etishga tayyorman. Ammo moliyaviy hisobotlar ochiq bo'lishi kerak, shunda jamoatchilik pul qaerga sarflanayotganini aniq ko'rishi mumkin”, — deb yozdi Mask Twitterdagi sahifasida.

Avvalroq Mask AQSHda milliarderlarga soliq joriy etish taklifini tanqid qilar ekan, o'z pullarini insoniyatni Mars sayyorasiga etkazish uchun sarflashni rejalashtirayotganini aytgan edi.