Ilon Mask nega Mark Sukerberg bilan jang qilishga qaror qilgani ma'lum bo'ldi

    Instagram o'zining Threads ilovasini ishga tushirishga tayyorlanmoqda va buning uchun foydalanuvchilardan App Store do'konidagi yuklab olish tugmasini bosish talab etiladi.

    Ilova bepul va mavjud bo'lganda avtomatik ravishda yuklab olinadi.

    Iyun oyida Instagram Twitterga muqobil ravishda ishlab chiqilgan yangi matnga asoslangan Threads ijtimoiy media platformasini ishga tushirishi ma'lum bo'ldi. Meta Threads ilovasi chiqarilishi haqidagi rejalar e'lon qilgandan so'ng Tesla bosh direktori va Twitter egasi Ilon Mask Meta bosh direktori Mark Sukerberg bilan oktagonda jang qilishga tayyorligini aytdi.

    Threadsni sinab ko'rish uchun Instagramda akkaunt bo'lishi kerak.

    Ilova 6-iyulda sotuvga chiqariladi, deb xabar beradi ixbt.com.