Amerikalik tadbirkor Bokuda (Ozarbayjon) bo'lib o'tgan 74-Xalqaro astronavtika kongressining sessiyasida masofadan turib ishtirok etdi. “Uch-to'rt yil. O'ylaymanki, yaqin to'rt yil ichida Mars yuzasiga ekipajsiz sinov qo'nishni amalga oshiramiz”, — deb javob berdi Mask tegishli savolga.
Uning so'zlariga ko'ra, Qizil sayyorada avtonom ishlaydigan baza yaratish zarur, buning uchun u yerga uskunalar va resurslar bilan millionlab tonna yuk jo'natish kerak bo'ladi, deb xabar beradi lenta.ru.