Mask 2019-yildan buyon inson miyasida chiplarni sinovdan o'tkazish haqida gapirib kelmoqda. 2022-yilning boshida tegishli ariza rad etildi. O'shandan beri yuristlar implant xavfsizligi bilan bog'liq masalada agentlikning ehtiyot choralarini ishlab chiqishdi. Kompaniya ayni paytda klinik sinovlarga tayyor emas.

Neuralink miya implantlarini ishlab chiqmoqda, u falajlangan odamlar va boshqa nevrologik kasalliklarga chalingan bemorlarga yordam beradi.

2022-yil dekabrida Mask agar zarurat tug'ilsa, farzandlaridan birining miyasiga chip o'rnatish qulay bo'lishini aytdi, deb yozadi The New York Post.

O'tgan yili eksperimental hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lgani uchun Ilon Maskning miya implantatsiya bo'yicha kompaniyasi ustidan shikoyat qilingan edi. Ta'kidlanishicha, 2018-yildan buyon 1,5 ming boshga yaqin hayvon sinovlar paytida o'lgan, deb xabar beradi mir24.tv.