Bir kuni metrodan chiqishda yana (shoir bilan) toʻqnash keldik. Ketyapmiz. Soat 10 ga yaqinlashgan. Men qadamimni tezlataman. Muhammad aka shoshilmaydi. Darvoqe, oʻsha birinchi murojaati oʻz kuchida qolgan, yaʼni menga doim “doʻstim”, deb yuzlanardi.

– Doʻstim, sekinroq yuraveraylik, – deb tirsagimdan tortadi u. – Bugun ham baribir ishning oxiriga yetolmaymiz. Boramiz-da.

Demak, hozir yangi yozgan sheʼridan oʻqiydi yoki qoʻlyozmasini beradi. Yoʻq, boshqa mavzularda gaplashib, borgan sari qadamimiz sekinlashib ketaverdik. “Zarafshon” restorani yonidan oʻtayotganimizda bezovtaligim ortayotganini sezadi.

– Iltimos, sekinroq yuraveraylik, anavi qizchadan oʻtib ketmaylik, – deb bizdan sal narida ketayotgan ayolga imo qoqadi shoir.

Xoʻsh, sevimli shoirimiz nima uchun salgina oldinda ketayotgan ayoldan oʻtib ketmaslikka ishora qiladi?

Buning sababini bilishga qiziqayotgan boʻlsangiz, ertaga 26-aprel kuni “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining “Yuz.uz” saytida maqolaning toʻliq versiyasini oʻqing.