Quvonchli xabar Аlisher akani tanigan- bilgan insonlar, u tashkil etgan klinikada shifo topgan kishilarni behad mamnun etdi. Bu mukofot yillar davomida el salomatligi yoʼlida qilingan mashaqqatli va sharafli mehnatning munosib eʼtirofi boʼldi.

Qashqadaryoning olis Kitob tumanida ochilgan “Salomatlik akademiyasi” xususiy klinikasi qisqa vaqt davomida odamlar ogʼziga tushdi, el mehri va ishonchini qozondi. Shubhasiz, buning zamirida klinika jamoasining bir yoqadan bosh chiqarib qilgan zahmatli mehnati yotibdi. Bu fidoyi jamoa klinika faoliyatida dunyo standartlari darajasidagi yuqori tibbiy texnologiyalarga asoslangan malakali tibbiy xizmatni poytaxtdan olisdagi viloyat va tumanda ham yoʼlga qoʼyish, aholiga nisbatan arzon, sifatli tibbiy xizmat koʼrsatish hamda tibbiy turizmni rivojlantirish singari ulugʼ maqsadni koʼzlagan edi. Jamoa bu vazifani sharaf bilan uddalamoqda.

— Klinika bir kunda oʼrtacha 450 dan ortiq bemorni qabul qiladi, — deydi bosh shifokor Hakim Saidov. — Hozirga qadar muassasa tomonidan aholining kam taʼminlangan, himoyaga muhtoj, urush faxriylari va nogironlik boʼyicha nafaqa oladigan toifadagi bir qismiga 325 million soʼmdan ortiq miqdordagi bepul tibbiy xizmatlar koʼrsatildi. Bu yerda jami 107 nafar xodim ishlaydi. Oʼtgan 2017–2021-yillar davomida jami 1 262,7 ming АQSh dollari hamda 1 milliard 370 million soʼm qiymatidagi zamonaviy tibbiyot uskunalari olib kelib oʼrnatildi va ishga tushirildi. Bu yerda barcha imkoniyat,  sharoit bor. Bular esa ishlashga undaydi, kuch  beradi.

2018-yilda endourologiya yoʼnalishi boʼyicha xalqaro mahorat darsi va 2019 yilda respublikamizda birinchi marotaba xalqaro miqyosdagi endourologiya forumi tashkil etilgan. Forumda xorijdan  100 dan ziyod, mamlakatimizdan 400 dan ortiq mutaxassis ishtirok etdi. Tadbir davomida teletibbiyot orqali chet el mutaxassislari tomonidan zamonaviy usulda bajarilgan 10 dan ziyod jarrohlik amaliyoti onlayn ravishda ishtirokchilarga translyatsiya qilindi.

Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, klinikani rivojlantirish, koʼrsatilayotgan tibbiy xizmatlar koʼlamini yanada kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida 50 oʼringa moʼljallangan “DR BOBOYEV HEALTH CENTER” bolalar va kattalar endourologiya va laporoskopiya jarrohlik markazi tashkil etildi. Markazda eng zamonaviy uslubda jihozlangan 4 ta jarrohlik amaliyoti xonasi ochildi.  

— Bu kabi muassasalar soni koʼpayishi tufayli aholiga koʼrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligi yanada ortishi shubhasiz, — deydi Qashqadaryo viloyati sogʼliqni saqlash boshqarmasi bosh ligʼi Ravshan Toʼlakov. — Аyni paytda vohamizda faoliyat koʼrsatayotgan xususiy tibbiyot muassasalari soni 550 tadan oshdi. Joriy yil oxiriga qadar 570 taga yetishi kutilmoqda.

2021 yil davomida tizimda umumiy qiymati 242 milliard soʼmlik 72 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan boʼlib, 22 ta xususiy tibbiyot muassasasi oʼz faoliyatini kengaytirishi koʼzda tutilgan, 451 ta yangi ish oʼrni yaratilishi belgilangan.

Аkbar RАHMONOV,

jurnalist