Bugun 2021-yil 17-may kuni Evropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan tashkillashtirilgan “Madaniy merosining majmuaviy tuzilmasi: Xiva shahrida imkoniyati cheklangan shaxslarning foydalanish imkoniyatlarini baholash va rejalashtirish" mavzusida xalqaro onlayn video-konferentsiya bo'lib o'tdi.
Video-konferentsiyada xalqaro ekspertlar Fernando Alonso, Elaniya Peres de Sauze, YUNESKOning O'zbekistondagi vakili Tat`yana Trudolyubova, ETTB vakillari Dilbar Rahmonova va Azamat Matkarimov, Madaniy meros departamenti, Ichan-Qal'a muzey-qo'riqxonasi, O'zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, Turizm va sport vazirligini Xorazm bo'limi xodimlari ishtirok etdi.
Konferentsiyani Fernando Alonso olib bordi. Janob Fernando Alonsoning ta'kidlashicha, Jahonda madaniy meros turizmining o'sib borishi va keyingi yillardagi O'zbekiston sayyohlik sohasidagi sezilarli o'zgarishlar doim dunyo ahlining diqqat markazida turmoqda. Viza rejimini liberallashtirish, turistik xizmatlarni va tarixiy yodgorliklarga etib borish imkonini yaxshilash uchun ko'rilgan chora-tadbirlar O'zbekistonga sayyohlarning qiziqishini uyg'otmoqda.
Keksa sayyohlar va jismoniy jihatdan imkoniyati cheklangan kishilar madaniy turizmga ko'proq qiziquvchilar toifasiga kiradi. Ular jahon turistik bozorining etakchi ulushini tashkil qiladi.
Xiva shahrini va xususan Ichan-qal'a muzey qo'riqxonasida imkoniyati cheklangan kishilar va keksalar uchun sharoitlar yaratish - bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada xalqaro ekspertlar guruxi va ETTB xodimlari tamonidan kontseptuali reja ishlab chiqilgan bo'lib, bo'lib o'tgan onlayn konferentsiyada ushbu reja muhokama qilindi.
Shuningdek konferensiyada muzeylar bilan bog'liq ko'plab masalalar muhokama qilinib, ularni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqildi.