Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Simulyatsion oʻqitish markazida davolash fakulteti talabalarining YADA OSKI (obyektiv tizimlashtirilgan klinik imtihon) bosqichi olib borilmoqda.
YADAning birinchi bosqichi test sinovlari tarzida TTA test markazida imtihon raisi va kameralar kuzatuvi ostida adolatli va shaffof tarzda oʻtkazildi. Ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan talabalar ikkinchi bosqich — OSKIga kiritildilar.
OSKI jarayonida simulyatorlar va immitatsion texnologiyalardan foydalanishning qulayligi oʻz isbotini topdi. Muvaffaqiyatli taʼlim olishning kaliti sifatida amalga tobora chuqurroq kirib borayotgan mazkur uslub egallangan bilim va orttirilgan tajribalarga tayanib, amaliy koʻnikmalarni rivojlantirishda funksional oʻquv-metodik markazlarning oʻrni naqadar muhimligini yana bir bor isbotladi. Imtihonlarda inson omilini kamaytirish, shaffoflikka rioya qilishda ushbu usulning afzalliklari katta albatta. Davolash fakultetini 2020-2021 oʻquv yillarida 320 nafar talabalar bitirishadi.