Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koʻkdala tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.” ishlab chiqarish kooperativi rahbari T.P. (muqaddam JKning 167, 209-moddalari bilan sudlangan) va boshqalar oʻzaro til biriktirib 172 gektar lalmi yer maydonda uzumzor tashkil tashkil qilish uchun 47,6 ming dona beton ustunlarni yetkazib bermasdan jami 1,4 mlrd soʻm imtiyozli kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Guliston shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.s.” MCHJga ajratilgan 240 ming AQSH dollari kredit evaziga xarid qilingan mebel jihozlari ishlab chiqarish uskunalarini MCHJ rahbari E.S. boshqa shaxslarga sotib yuborib, kredit mablagʻini qaytarmasdan, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.