Unda “S.” va “L.C.” MCHJ rahbarlari oʻzaro til biriktirib, tumandagi bank filialidan yengil tipdagi zamonaviy issiqxona qurish maqsadida 5,9 mlrd soʻm imtiyozli krediti ajratilishiga erishib, shundan 1,2 mlrd soʻmini bank birjasi orqali 129,4 ming AQSH dollariga ayirboshlaganligi, 3,8 mlrd soʻmiga jiyani N.ning nomiga Qibray tumanida yangi uy-joy qurib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadini legallashtirganligi, oʻz navbatida bank xodimlari ajratilgan kredit mablagʻini monitoring oʻtkazmaganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.