Dehli — Toshkent — Dehli yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam yo‘lovchi reysi 2023- yil - 6 sentyabrga belgilangan. Reyslar shinam Airbus A320 va A321 samolyotlarida haftasiga to‘rt marta — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
"IndiGo" — bosh qarorgohi Hindistonning Gurgaon shahrida joylashgan hind xususiy loukoster aviakompaniyasi. Kompaniya muntazam qatnovlar va samolyotlar soni bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.