Indoneziya: Prabovo Subianto prezidentlik saylovida g'alaba qozondi

    Indoneziya Bosh saylov komissiyasi mudofaa vaziri Prabovo Subiantoni prezidentlik saylovida g'alaba qozonganini e'lon qildi.

    Unga ko'ra, Prabovo Subianto 96 million 214 ming 691 ta, Jakarta sobiq gubernatori Anis Basvedan 40 million 971 ming 906 ta va Markaziy Yava sobiq gubernatori Ganjar Pranovo 27 million 40 ming 878 ta ovoz olgan.

    Ovoz berish 820 mingdan ortiq saylov uchastkasida bo'lib o'tdi. Saylangan prezident va vitse-prezident oktabr oyida o'z lavozimiga kirishadi, deb xabar beradi tass.ru.