Indoneziya turizm sohasi vakillari bilan hamkorlik kengaytiriladi

    Turizm 14 Fevral 2025 482

    Turizm qoʻmitasi raisi U.Shadiyev boshchiligidagi delegatsiyaning Jakarta shahriga xizmat safari davomida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazildi.

    Jumladan, Indoneziya turoperatorlari assotsiatsiyasi (ASITA) raisi N.Rusmiati, “Aldo Holidays” sayyohlik kompaniyasi direktori J.Samolangom, Indoneziya Ulamolar Kengashi raisi vakili, “Fayyash Travel & Tours” kompaniyasi rahbari A.Sisvandi, Islomiy turizm tadqiqotlar markazi A.Ubaydullah bilan muzokaralarda ziyorat turizmi va “Umra+” yoʻnalishida Indoneziyadan sayyohlar oqimini oshirish masalalari batafsil koʻrib chiqildi.

    Muzokaralar yakunida hamkorlikda respublikadagi turistik marshrut va xizmatlarni takomillashtirish, Indoneziyada Oʻzbekistonning turizm salohiyatini targʻib qilish boʻyicha kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.