“Bizning ma'lumotlarimizga ko'ra, to'rt kishining halok bo'lgani tasdiqlandi. Biz ma'lumot yig'ishda davom etyapmiz”, dedi Jayapura tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi rahbari Asep Xolid.
Xolidning qo'shimcha qilishicha, zilzila oqibatlari butun Jayapura shahrida sezilgan. Turar-joy uylari va hukumat binolari shikastlangan.
Payshanba kuni Indoneziya sharqidagi Papua provinsiyasida mahalliy vaqt bilan 13:28 da 5,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Uning epitsentri provinsiya markazi Jayapura shahridan 1 kilometr janubi-g'arbda, 10 kilometr chuqurlikda joylashgan, deyiladi ria.ru saytida.