OAV xabarlariga ko‘ra, Xalmaxera orolida (Shimoliy Maluku viloyati) joylashgan vulqon yonbag‘irlarida taxminan 20 kishi qolib ketgan: to‘qqiz singapurlik va 11 indoneziyalik. Shimoliy Xalmaxera politsiyasi boshlig‘i Erlixson Pasarib halok bo‘lganlar sonini tasdiqladi.

“Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ular ikki nafar chet ellik – Xitoy va Singapur fuqarolari. Ularning shaxsiga doir hali ham aniq ma’lumot yo‘q”, dedi Pasarib va omon qolganlarni evakuatsiya qilishda o‘nlab qutqaruvchilar va politsiya xodimlari ishtirok etayotganini qo‘shimcha qildi.

Mahalliy vulqonshunoslik va geologik ofatlarni yumshatish markazi (PVMBG) ma’lumotlariga ko‘ra, vulqon otilishi 8 may kuni soat 7:41 da sodir bo‘lgan. Kul ustuni kraterdan taxminan 10 000 metr balandlikka ko‘tarilib, dengiz sathidan 11 000 metrdan oshdi, deb xabar berdi regnum.ru.