Keyingi yillarda viloyatda yangi korxonalar, kichik biznes subyektlari, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari tashkil etildi. Turizm, toʻqimachilik sanoati, baliqchilik, parrandachilik, irrigatsiya va boshqa sohalarda istiqbolli loyihalar amalga oshirildi. Uy-joylar, shifoxonalar, maktablar va bolalar bogʻchalari qurildi. Koʻplab loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda.
2017-2020-yillar davomida viloyat yalpi hududiy mahsuloti (YAHM) 17% ga oshib, 21,6 trillion soʻmni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2,8 trillion soʻmdan 9,6 trillion soʻmgacha (oʻsish 46%) oshdi.
Toʻqimachilik, avtomobilsozlik, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoati, sayyohlik, xizmat koʻrsatish va issiqxonalar Xorazm viloyatining asosiy “oʻsish nuqtalari” sifatida belgilangan.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 6,7% ga, 2016-yildagi 7,7 trln. soʻmdan 2020-yilda 17 trln. soʻmgacha oʻsdi.
Viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 2016-yildagi 19,4 mingdan 2020-yilda 24,1 minggacha 25% ga oʻsdi.
Infratuzilmani rivojlantirish sohasida 2016-2020-yillarda 50 km gaz quvurlari va 3 304 km suv taʼminoti tarmoqlari yotqizildi.
Oʻtgan besh yil mobaynida Xorazm viloyatida 109 mingga yaqin ish oʻrni yaratildi.
Shu davr mobaynida viloyatda 3 930 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, maktabgacha taʼlim muassasalarida 12,3 ming, maktablarda 45,9 ming, shifoxonalarda 2,2 ming oʻringa moʻljallangan koyekalar tashkil etildi.
Xorazm viloyatida umumiy qiymati 9,3 trln. soʻmlik 685 investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 14 909 yangi ish oʻrni yaratiladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi