"INFOLIB OʻZBEKISTON–2023" XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi boshlandi

    Madaniyat 23 Oktabr 2023 979

    Bugun A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida "INFOLIB OʻZBEKISTON–2023" XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi boshlandi.

    Haftalik davomida onlayn va oflayn tarzda ilmiy anjumanlar, treninglar, seminarlar, ijodiy uchrashuvlar, kitoblar taqdimotlari, madaniy tadbirlar, adabiy kecha, tanlovlar, shu jumladan, Milliy kutubxona direktorining yoshlar bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtadi.

    Asosiy tadbirlar: Yosh kutubxonachilar" III forumi hamda "Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi" koʻrik-tanlovining Respublika bosqichi.

    27-oktyabrga qadar davom etadigan haftalikka barcha kitobxon va axborot-kutubxona markazlari xodimlari, shuningdek, yosh ijodkor va noshirlar taklif etiladi.