Keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, qurilish-taʼmirlash ishlari bois Ingichka shaharchasidagi koʻplab ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy soha obyektlari zamonaviy qiyofa aks etmoqda. Yoʻllarga asfalt yotqizilib, maktablar, maktabgacha taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash muassasalaridagi shart-sharoitlar tubdan oʻzgardi. Shaharchada aholiga maʼnaviy-maʼrifiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash maqsadida yana bir xayrli ishga qoʻl urildi.  Yaʼni, shaharchadagi Madaniyat va dam olish markazi taʼmirlanib, zamonaviy qiyofa aks etdi. Ushbu maskanning ochilish marosimiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

21-oktyabr - Oʻzbek tili bayrami arafasida boʻlib oʻtgan tadbir haqiqiy xalq sayliga aylandi. Xalqimizning sevimli sanʼatkorlari Hosila Rahimova hamda Mahmud Namozovlarning ishtiroki bayramga koʻtarinkilik bagʻishladi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Kattaqurgʻon shahar hokimi Gavhar Alimova ingichkaliklarni bayram bilan qutlar ekan, shaharchadagi bunyodkorlik ishlari, xalq turmush sharoitini yaxshilashga yoʻlidagi ijobiy ishlar haqida soʻz yuritdi.

Oʻz navbatida ingichkaliklar ham bugun shaharchada aholi farovonligini yaxshilash yoʻlidagi ulkan bunyodkorlik ishlari, koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun oʻz minnatdorchiliklarini bildirdi, deb xabar beradi Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.