Akademiyaning asosiy maqsadi — oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchi va talabalarini “Security”, “Datacom / Routing & Switching”, “Storage”, “Artificial Intelligence” kabi zamonaviy yoʻnalishlarda oʻqitish va sertifikatlashdir.

Darslar davomida talabalar va oʻqituvchilar oʻquv materiallarining maʼlumotlar bazasi va laboratoriya uskunalari onlayn dasturidan, shuningdek, butun dunyo boʻylab AKT sohasida rivojlangan homiylar tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.