Tanlovda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan davlat va xususiy ommaviy axborot vositalari (bosma ommaviy axborot vositalari, televideniye, radio, Internet nashrlari va boshqalar) vakillari ishtirok etishdi.

Tanlov gʻoliblari biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi, deb xabar beradi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.

Quvonarlisi, taqdirlangan jurnalistlar orasida tahririyatimiz vakili Sohiba Mullayevaning ham borligi. Hamkasbimiz “Eng yaxshi material” nominatsiyasi gʻolibligini qoʻlga kiritdi.