Tomonlar oliy taʼlim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlarini innovatsion faoliyat va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻyicha malakalarini oshirish masalasini muhokama qildilar.

Muhokama natijalariga koʻra, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi oʻrtasida memorandum imzolandi. Imzolangan hujjat respublikadagi oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalarining masʼul xodimlarining innovatsion menejment va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, loyiha boshqaruvi sohalarida malakalarini oshirish boʻyicha qisqa muddatli kurslarni tashkil etishga qaratilgan, deb xabar beradi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.