Bugungi kunga qadar vazirlik tomonidan Yakkasaroy tumanidagi 7 ta mahalladagi uylarning atroflari obodonlashtirishga 98 ta hasharchilar jalb qilindi, 19 tonna hajmda axlat chiqindilari, shox-shabbalar chiqarib tashlandi, 16 ta maxsus texnikani jalb qilindi. Shu bilan birga mazkur mahallalardagi 62 dan ziyod daraxtlarga shakl berildi va oqlandi.

Rakat mahallasi maʼmuriy binosida “Innovatsiya texnomarkazi”ni tashkil etish maqsadida kompyuter va mebellar bilan jihozlandi.

Muqimiy mahallasida joylashgan 144-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga maktabda mavjud boʻlmagan va yoshlar uchun zarur boʻlgan sport anjomlari (voleybol, basketbol koptoklari, stol tennisi anjomlari va boshqalar) 500 ta kitob hamda divayzerlar taqdim etildi.

“Temir daftar”ga kiritilgan 8 ta fuqaroga, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 3 ta fuqaroga va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 2 ta fuqaroga moddiy yordam koʻrsatildi.Shuningdek, 2 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga jami 58 million soʻmlik kredit ajratilishiga amaliy yordam koʻrsatildi.

5 ta tashabbus hamda “Yoshlar bilan 100 kun” loyihasi doirasida umumiy oʻrta taʼlim maktabining bitiruvchi yoshlari bilan “Vazir soati”ni oʻtkazib, tadbirda faol ishtirok etgan yoshlarga interaktiv kartalar, divayzerlar va kitoblar taqdim etildi.

Vazirlik tomonidan “Texnobus” texnologik mobil taʼlim platformasi Muqimiy MFYda joylashgan 144-sonli, Meros MFYda joylashgan 100-sonli hamda Rakatboshi MFYda joylashgan 73-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablariga olib borildi va 200 nafar maktab oʻquvchilari platforma bilan yaqindan tanishdi hamda vazirlikning masʼul xodimlari tomonidan oʻquvchilarga robototexnika, yuqori texnologiyalar hamda innovatsion faoliyatga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan targʻibot ishlari olib borildi.