Innovatsiya — 2021 ilmiy-amaliy anjumanida dolzarb mavzular muhokama qilindi

    Shu yilning 26-oktyabr kuni Toshkent davlat texnika universitetida mamlakatimizda innovatsion rivojlantirish jarayonlarini jadallashtirish borasidagi dolzarb vazifalarni hal etishda sanoatchilar, olimlar, tadbirkorlarning saʼy-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan anʼanaviy XXV Xalqaro “Innovatsiya — 2021” ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.

    Uning yalpi majlisi universitet rektori S.M.Turobjonov va Tarmoqlararo strategik innovatsiyalar va axborotlashtirish markazi direktori O.A.Qodirov va boshqalarning chiqishlari bilan boshlandi.

    Tadbirda “Yoshlar va taʼlim muammolari”, “Iqtisodiyot tarmoqlaridagi innovatsion jarayonlar”, “Tabiiy, mineral-xom ashyo va issiqlik energetik zaxiralardan oqilona foydalanish muammolarini hal qilish uchun innovatsion texnologiyalar va usullar”, “Kon ishi va metallurgiya. Geologiya”, “Axborot texnologiyalari va iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish”, “Avtomatik va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlar”, “Tizimli tahlil va matematik modellashtirish”, “Suv-Sahro-Ekologiya. Muammolar va yechimlar” kabi shoʻbalarda 156 ta maʼruza va boshqa chiqishlar muhokama qilindi.

    Anjumanda nafaqat mamlakatimiz hududlaridan, shuningdek xorijiy davlatlar — Vyetnam, Belarus, Bolgariya, Ispaniya, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston vakillarining maʼruzalari taqdim qilingan.

    Anʼanaga muvofiq mazkur konferensiya materiallarining kitob holida nashr etilgani nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega.

    Hasan Abdunazarov.