Bugun Urganch davlat universitetida ham mazkur haftalik doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlarga start berildi.
Shu maqsadda kimyoviy texnologiyalar fakulʼtetida tashkil etilgan marosimni Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi N.Qutlimuratova kirish soʻzi bilan ochar ekan, haftalikning asosiy mohiyati – xorijiy va milliy ekspertlar, tahlilchilar oʻrtasida yangi Oʻzbekistondagi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi islohotlar, ularning mohiyati, mamlakatimizda vujudga kelayotgan mutlaqo yangi innovatsion rivojlanish sohasidagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida fikr almashishdan iborat ekanligini taʼkidladi.
Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi vakillari, viloyatimizning davlat oliy taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlardan vakillar, talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.
Haftalik doirasida Urganch davlat universiteti olimlari, ilmiy tadqiqotchi yoshlar, ishbilarmonlarining turli uchrashuv va seminarlari, startap loyiha mualliflari, ularining master klasslari, innavotorlarning ilmiy-amaliy konferensiyalari, kreativ taʼlim kongresi, universitet iqtidorli talabalarining chiqishlari hamda innovatsion koʻrgazmalar tashkil etiladi.