Shundan so‘ng delegatsiya vakillari Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Inno" Innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki faoliyati bilan tanishdi.
Keyingi manzil esa Toshkentdagi Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyi bo‘ldi.
Tashrif davomida Ibrohim Abdurahmonov hamda Eron vitse-prezidenti ikki mamlakat hamkorligi, texnologiyalar transferi yo‘nalishidagi yutuqlar va muammolarni muhokama qilishdi.
Kelgusida hamkorlik yanada rivojlantirish xususida takliflar berildi.