Shol bo'lib qolgan ayol dunyoda birinchi marta “gapira” oldi. Bunga raqamli avatar imkon berdi.
Yangi texnologiya miya yuzasida mayda elektrodlardan foydalanishi va ko'zni kuzatuvchi sintezatorlardan tezroq ekanligi aytilmoqda. Shunday qilib, u miya signallarini til va yuz ifodalariga aylantiradi.
“Yangi texnologiya miyaning til va yuz harakatini boshqaradigan qismidagi elektr faolligini aniqlash uchun miya yuzasiga implantatsiya qilingan kichik elektrodlardan foydalanadi. Bu signallar bevosita raqamli avatarning nutqi va yuz ifodalariga, jumladan tabassumida o'z ifodasini topadi. “Bizning maqsadimiz – boshqalar bilan muloqot qilishning eng tabiiy usuli bo'lgan to'liq, mujassamlashgan muloqot usulini tiklash”, dedi San-Fransiskodagi Kaliforniya universitetida ish olib borgan professor edvard Chang.
Tadqiqot natijalariga ko'ra, olimlar jamoasi miya yuzasiga nutq uchun juda muhim bo'lgan hududga 253 elektroddan iborat qog'ozdek yupqa to'rtburchak qurilmani joylashtirdi. Elektrodlar miya signallarini ushlab qoldi, til, jag', halqum va yuzdagi mushaklarni nazorat qildi.
Kompyuter 39 xil tovushni eslab qoldi va signallarni tushunarli jumlalarga aylantirish uchun Chat GPT uslubidagi til modelidan foydalanildi, deb xabar beradi korrespondent.net.