Xususan:

I. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlari uchun

 - Normuradov Murodulla Tog‘aevich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsman) Qashqadaryo viloyati Mintaqaviy vakili;

- Kasimov Dilmurod Sultanmuratovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil;

II. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlar faoliyati uchun

 - O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi;

- Muhamedova Zebiniso Ibrohimovna – O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i;

III. Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun

 - Yusupova Inqilob Tursunovna – Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi raisi;

- Renata Vinter – BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi (2013-2020-yillar);

IV. Inson huquqlarini targ‘ib qilish faoliyati uchun

 - Najmiddinova Feruzaxon Murodulla qizi – «Qalampir.uz» internet-nashri jurnalisti;

- Normatov Farhod Bashbekovich – «Adolat ko‘zgusi» gazetasi bosh muharriri;

V. Inson huquqlari sohasidagi ta'lim va ilmiy tadqiqotlari uchun

 - Fedotov Mixail Aleksandrovich – «Oliy iqtisodiyot maktabi» milliy tadqiqot universiteti yuridik fakulteti professori (Rossiya), Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo‘yicha kengashining sobiq raisi;

- Muqimov Ziyodulla Yusupovich – Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti professori, yuridik fanlar doktori;

VI. Ekologik huquqlarni himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun

 - «Ekomaktab» ekologik-resurs markazi;

- Kosimova Nargis Sunnat qizi –O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti media va kommunikatsiya fakulteti dotsenti, ekojurnalist;

VII. Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun

 - Tomas Kunse – Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Rossiya bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi vakili;

- Elizabet Klark  – AQShning Brigama Yanga universiteti Huquq va dinni o‘rganish xalqaro markazi direktorining o‘rinbosari.

Malumot uchun: Mazkur ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni asosida ta’sis etilgan.

«Inson huquqlari himoyasi uchun» ko‘krak nishoni har yili 10-dekabr — Xalqaro inson huquqlari kunida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori tomonidan tantanali ravishda o‘z egalariga topshiriladi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati.