Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoq o'z foydalanuvchisi akkauntiga kirishni bloklaydi va akkaunt botga emas, balki real shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlash uchun videoselfi yuborishni talab qiladi.
Instagram chehrani tanish texnologiyasidan foydalanmasligini, shaxsni tekshirish foydalanuvchi o'z sahifasidan shubhali harakatni ko'rsatgan hollardagina amalga oshirilishini ta'kidladi.