“Instagram”da yangilik

    Bo'sh vaqtda 10 Iyul 2020 2462

    Endilikda instagram foydalanuvchilari “publikatsiya”lariga oʻz izohlarini mahkamlay olishadi.

    Kompaniya tomonidan ushbu yangilik 2020-yilning may oyida sinovdan oʻtkazilgan edi. Hozirda ushbu funksiya hammaga birdek taqdim qilindi.

    Foydalanuvchi uchta izohni joylashtirishi mumkin. Ishlab chiqaruvchilarning taʼkidlashicha, bunday tartib pozitiv xabarlarni saralashga imkon beradi.

    Yangi funksiyadan foydalanish uchun tanlangan izohni surish kerak. Shunda menyuda nafaqat “Oʻchirish”, balki “Shikoyat qilish”, “Javob berish”, “Mixlash”, tugmasi paydo boʻladi.