Unga koʻra, quyidagi intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza hujjatlarining amal qilish muddati Adliya vazirligi tomonidan uzaytirilishi mumkin:
- ixtiro;
- foydali model;
- sanoat namunasi;
- seleksiya yutugʻi;
- tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi;
- geografik koʻrsatkich;
- tovar kelib chiqqan joy nomi.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun axborot tizimi (im.adliya.uz) yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali ariza beradi.
Ariza berilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Davlat xizmatini koʻrsatishda belgilangan miqdordagi patent boji yagona billing tizimi orqali elektron shaklda toʻlanadi.
Ariza vakolatli organga kelib tushgan kundan eʼtiboran 15 kun muddat ichida koʻrib chiqiladi.
Ariza beruvchiga muhofaza hujjatining amal qilish muddati uzaytirilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani muhofaza hujjatiga ilova shaklida axborot tizimi orqali yuboradi.