Tahlilchilarning fikriga koʻra, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari “Gagarin qaysi yilda kosmosga uchgan?”ligini bilishni eng koʻp istashgan. Uning oʻlimi sabablari boʻyicha surishtiruv ikkinchi eng ommabop soʻrov boʻldi. Shuningdek, kuchli uchlikka “Gagarinning parvozi qancha davom etgan?” degan savol ham kiritilgan. Tarmoq foydalanuvchilari “Gagarindan oldin koinotga kim uchgan?”, “Gagarin kim?” va “Gagarin Yer atrofida necha marta parvoz qilgan?” kabi savollarga eng kam qiziqish bildirgan.

Bundan oltmish yil oldin, 1961-yil 12-aprelda Gagarin dunyodagi birinchi kosmik parvozni amalga oshirdi.

Bortida sovet kosmonavti boʻlgan “Vostok” kosmik kemasi Yer atrofida 108 daqiqa vaqt oʻtkazdi va shu vaqtda sayyora atrofida bitta aylanishni amalga oshirdi. Gagarin yer yuzidan bir necha kilometr balandlikda parashyutdan sakragan va Rossiyaning Saratov viloyati, Ternovskiy tumani, Smelovka qishlogʻi yaqinida Volga qirgʻogʻiga kelib tushgan. Ushbu tarixiy voqea kosmosni oʻrganishga yoʻl ochdi: kosmosga birinchi parvozdan soʻng odamlar Oyga, avtomatik apparat vositalari esa Quyosh tizimining koʻplab sayyoralariga uchdi.