U Jinoyat kodeksining 118-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib qidiruvga berilgan edi. Ekstraditsiya Oʻzbekiston va Gruziya Interpol Milliy markaziy byurolari oʻrtasidagi muvofiqlashtirilgan hamkorlik hamda qoʻshma tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida amalga oshirildi.
Maʼlum qilinishicha, soʻnggi ikki oy ichida Gruziya tomonidan qidiruvdagi Oʻzbekiston fuqarolarining uchinchi bor ekstraditsiya qilinishi qayd etildi. Bu ikki davlat huquqni muhofaza qilish organlari oʻrtasidagi hamkorlik samaradorligini koʻrsatadi.
Ekstraditsiya qilingan shaxs Oʻzbekiston Interpol xodimlari hamrohligida mamlakatga olib kelinib, qonunchilikka muvofiq keyingi protsessual harakatlar uchun vakolatli organlarga topshirildi.