Ikki davlatning oʻzaro axborot almashinuvi va hamkorlikdagi tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, shuningdek, Oʻzbekistonning Janubiy Koreyada akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik missiya xodimlarining bevosita koʻmagida hamda Interpolning Toshkent va Seuldagi MMBlarining uchrashuvlar chogʻidagi avvalgi kelishuvlari asosida ekstremistik mavzudagi materiallarni tarqatishda ayblanayotgan xalqaro darajadagi qidiruvda boʻlgan jinoyatchini topshirish tadbiri amalga oshirildi.
Qidiruvdagi shaxs chet el davlatining telefon raqamidan foydalanib, yangi profil yaratgan, turli ijtimoiy tarmoqlar orqali Oʻzbekistonda taqiqlangan diniy-ekstremistik tashkilotlar, gʻoyalar va audiomateriallarni tarqatgan.
Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi xodimlari hamda Interpolning Toshkent va Seuldagi MMBlari hamkorligida amalga oshirilgan tezkor harakatlar natijasida jinoyatchi Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirish uchun chiqarib yuborildi.