Xususan, tashrif davomida Rossiyaning yirik moliya institutlari –“Gazprombank” AJ , “VEB.RF” va “EKSAR” rahbariyati bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Muzokaralar davomida tomonlar oʻzaro manfaatli munosabatlarning hozirgi holatini muhokama qildilar va kelgusidagi rejalarni belgilab olishdi.

Taʼkidlash joiz, soʻnggi 4 yil ichida neft va gaz sanoatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yuqorida koʻrsatilgan moliyaviy institutlar tomonidan 1,3 milliard dollardan ortiq kreditlar jalb qilingan va kelgusida bu koʻrsatkichlarni koʻpaytirish koʻzlanmoqda.

“VEB.RF” va “EKSAR” bilan birgalikda “2017 – 2021-yillarda uglevodorod xomashyosi qazib chiqarishni koʻpaytirish dasturining ikkinchi bosqichi” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun uzoq muddatli kredit jalb etish ishlari ustida ish olib borilyapti.

Tashrif davomida Rossiya moliya institutlarining “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish” investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etishni koʻrib chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Bankning Reyting konsalting markazi xodimlari bilan birgalikda debyut korporativ reytingini olish va yevrobondlarni chiqarishga tayyorgarlik koʻrish jarayoni muhokama qilindi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.