Investitsiyalar soʻnggi 5-yilda 2,8 barobarga koʻpaygan

    2025-yil yanvar sentyabr oylarida iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 443,6 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

    Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 15,2 foizga, soʻnggi 5-yilda 2,8 barobarga koʻpaygan.

    Mazkur davrda oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar miqdori 34,5 mlrd dollarni tashkil etdi.

    Xorijiy investitsiya va kreditlarning sohalar kesimidagi ulushi quyidagicha:

    • Ishlab chiqarish sanoati – 32,9 %;
    • Elektr, gaz bilan taʼminlash – 18,4 %;
    • Togʻ-kon sanoati – 12,2 %;
    • Qishloq xoʻjaligi – 9,1 %;
    • Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya – 1,8 %;
    • Qurilish – 6,1 %;
    • Tashish va saqlash – 5,3 %;
    • Axborot va aloqa – 0,9 %;
    • Sogʻliqni saqlash – 1,7 %;
    • Boshqa faoliyat turlari – 11,6 %.