Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 15,2 foizga, soʻnggi 5-yilda 2,8 barobarga koʻpaygan.

Mazkur davrda oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar miqdori 34,5 mlrd dollarni tashkil etdi.

Xorijiy investitsiya va kreditlarning sohalar kesimidagi ulushi quyidagicha:

  • Ishlab chiqarish sanoati – 32,9 %;
  • Elektr, gaz bilan taʼminlash – 18,4 %;
  • Togʻ-kon sanoati – 12,2 %;
  • Qishloq xoʻjaligi – 9,1 %;
  • Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya – 1,8 %;
  • Qurilish – 6,1 %;
  • Tashish va saqlash – 5,3 %;
  • Axborot va aloqa – 0,9 %;
  • Sogʻliqni saqlash – 1,7 %;
  • Boshqa faoliyat turlari – 11,6 %.