Jumladan, ijtimoiy soha va farmatsevtika sanoati Boshqarmasi boshligʻi Egamov Ulugʻbek Abduvaliyevich Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi;

- yengil va elektr sanoati Boshqarmasi boshligʻi Sultonov Mirmuhsin Mirsodiqovich “Oʻztekstilsanoat” uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi;

- Geologiya, togʻ – kon sanoati, metallurgiya, mashinasozlik va qurilish materiallari Boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Egamberdiyev Bunyod Baxtiyarovich Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi elchixonasining savdo-iqtisodiy va turizm masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi;

- Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik qilish Bosh boshqarmasi boshligʻi Jumayev Shohjahon Shokirovich Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari etib tayinlandi.

1-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov vazirlik jamoasi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida yuqoridagi rahbarlarning yangi lavozimlarga tayinlanganlari bilan samimiy tabriklab, keyingi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.