Oʼzbekiston eksportyorlaridan gilos, limon, olma, piyoz va sarimsoq piyoz kabi mahsulotlarni Iordaniya bozorida sotish uchun ularni zararkunandalardan tegishli tartibda tozalash talab etiladi.
Endi oʼzbek giloslarini Iordaniya hududiga eksport qilish uchun fitosanitariya guvohnomasiga qoʼshimcha tasdiqlovchi band kiritilgan boʼlib, unga binoan joʼnatma Pseudomonas syringae pv.syringae va Quadraspidiootus pernicious zararkunandalaridan xoli ekanini koʼrsatish hamda Seltsiy boʼyicha 0,5 daraja sovuq – 5 daraja iliq haroratda 20 kun davomiy ravishda muzlatish yetarli hisoblanadi.
Diplomatiya missiyasi Oʼzbekiston tadbirkorlarini yaratilgan ushbu imkoniyatdan unumli foydalangan holda arab mamlakatlari bozorida munosib oʼrin egallashga chaqirgan.