Mazkur kinofestivalda dunyo miqyosidagi yosh kinoijodkorlar, talabalar va debyutant rejissyorlarning kinofilmlari saralanib, eng munosiblari mukofotlanadi.
Filmning ssenariy muallifi Shohjahon Subhonov, postanovkachi rejissyor Sherzod Nazarov, postanovkachi operator, Diyor Ismatov, rassom Erkin Hushmatov, badiiy rahbar Ali Hamroyev.
Eslatib oʻtamiz, “Ipak yoʻlida” qisqa metrajli filmi “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalining bosh sovrini “Gran-Pri” hamda “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida, AQSHning AVFF-2021 (“Asian World Film Festival”) xalqaro kinofestivalida “Osiyoning eng yaxshi qisqa metrajli filmi” nominatsiyasida, shuningdek Qozogʻistonning Almata shahrida boʻlib oʻtgan “Bastau IFF” xalqaro talabalar va debyutantlar kinofestivalida “Eng yaxshi qisqa metrajli film” yoʻnalishi boʻyicha gʻolib boʻlgan, deb xabar beradi Kinematografiya agentligi matbuot xizmati.